Uzsong.net » Узбекские песни » Ulug'bek Rahmatullayev - Mening do'stim

Текст песни

Улуғбек Раҳматуллаев - Менинг дўстим

Yuzimga aytadi adashsam agar
Qayg'ursam men bilan birga g'am chekar
Aka-ukalardek misoli jigar
Bir mayizni teng bo'lib birga o'sdikku
Qadirdonimu mening do'stim u

Kim kelib kim ketdi bahor yoz kabi
Pulga do'st yirtdilar shu qog'oz kabi
Faqat u chin ekan buning sababi
Ketmagan ko'rsa ham kamu ko'stim u
Qadirdonim u mening do'stim u

Mening do'stim u
Menga qarshi kelishmaydi
Mening do'stim u
Dunyolarga alishmaydi

Mening do'stim u
Dushmanimga bo'lishmaydi
Mening do'stim u
Mening do'stim u

Mening do'stim u
Or nomusi diyonatli
Mening do'stim u
Ayblamaydi xiyonatni

Mening do'stim u
Guvoh bo'lar qiyomatda
Mening do'stim u
Mening do'stim u

Poyiga zar soching
Sirim ochmaydi
To'dalab kelinglar
Aslo qochmaydi

U bilan yurakda
Olov o'chmaydi
Menga bir ne bo'lsa
Olar qastin u
Qadirdonim u mening do'stim u

Kim kelib kim ketdi bahor yoz kabi
Pulga do'st yirtdilar shu qog'oz kabi
Faqat u chin ekan buning sababi
Ketmagan ko'rsa ham kamu ko'stim u
Qadirdonim u mening do'stim u

Послушайте и эти

  • Скачать музыку